LITSEYIMIZNING TASHKIL TOPISHI
ANIQ FANLAR
Iqtisodiyot yo’nalishi. Ushbu yo’nalishda matematika, fizika, iqtisod fanlariga qiziquvchi o’quvchilar tanlov asosida qabul qilinadilar . Aniq fanlar yo’nalishining o’quv rejasi akademik litseyni tugatgandan so’ng mutaxassisliklari xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro biznes, marketing, moliya va kredit , iqtisodiyotchi va agroiqtisodiyot kabi bo’lgan va matematika, xorijiy til va ona tili, adabiyotdan kirish test sinovlari topshiriladigan oliy o’quv yurtiga kiruvchilar uchun mo’ljallangan .
XORIJIY FILOLOGIYA
Ushbu yo’nalishga ingliz tili,
fransuz tili , nemis tili , amerikashunoslik kabi fanlarga qiziquvchi
o’quvchilar tanlov asosida qabul qilinadilar. Akademik litseyni tugatgandanlaridan
so’ng mutaxassisliklari xalqaro munosabatlar , sharqshunoslik, evropashunoslik,
tarjimon kabi bo’lgan va kirish imtixonlarida xorijiy til, tarix, ona tili va adabiyot fanlari topshiriladigan
oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun mo’ljallangan.
IJTIMOIY – GUMANITAR
Ushbu yo’nalishga tarix, o’lkashunoslik, dinshunoslik , huquq kabi fanlarga qiziquvchi o’quvchilar tanlov asosida qabul qilinadilar. Ijtimoiy – gumanitar yo’nalishining o’quv rejasini akademik litseyni tugatgandan so’ng mutaxassisliklari yuristprudentsiya, huquqshunos, falsafa, mantiq, siyosatshunos bo’lgan va tarix, ona tili va adabiyot, xorijiy til fanlari topshiriladigan oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun mo’ljallangan.
LITSEYDA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR
- AF_5-07 guruh o'quvchisi Abduvohidov Sunnatilla 3-6 dekabr kunlari Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda bo'lib o'tgan 3 an'anaviy "ASIAN KOI" Karate turnirida 55 kg vazn toifasida 1-o'rinni olib, oltin medal bilan taqdirlandi.
TALABALAR TURAR JOYI
Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti qoshidagi Shayxontohur akademik litseyi
“O’quvchilar Turar joyi”
“O’quvchilar Turar joyi” Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetida joylashgan. 6 qavatli binodan iborat turar joyining 3, 4, 5 qavatlari “Shayxontohur” akademik litseyi o’quvchilari uchun ajratilgan. Har bir qavatda 18 ta xonalar mavjud bo’lib, har bir xona 2 kichik xona va karidordan tashkil topgan. Ularda 163 nafar o’quvchilar istiqomat qiladi, shulardan 30 nafar qizlar.
Litseyimizda o'qishni xohlovchilar litseyda olinadigan testlardan o'tishlari kerak.
PREZIDENTIMIZNING LITSEYIMIZGA QILGAN TASHRIFI
Bizning litsey O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 6-avgustdagi
farmoniga muvofiq tashkil topgan. Litsey 1999-yil sentabr oyidan o’z faoliyatini
JIDUda boshladi. 2000-yil 20-martda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Abdug’aniyevich Karimov litseyning yangi binosiga tashrif buyurdi.
LITSEYIMIZNING BIR NECHA NAFAR O'QUVCHI QIZLARI YAQINDA "TOSHKENTIM OY QIZLARI" TANLOVIDA ISHTIROK ETIB, FAXRLI OLIIY O'RINNI OLIB KELISHDI.
Albatta, bunday sharafli ish barchaning qo'lidan ham kelavermaydi. Biz barcha ishtirok etgan qizlarga chin dildan rahmat aytamiz va ularni bu g'alaba bilan tabriklaymiz. Bu haqda
Sayt menyusi
Mehmonlar kitobi
-
Bu sahifada siz litseyimizga tashrif buyurgan taniqli va xalqimiz ardog'ida bo'lgan shaxslar bilan tanishishingiz mumkin.